«Tolibon» harakati Afg‘onistonda o‘z nazoratini o‘rnatar ekan, unga sobiq hukumatdan hokimiyat bilan birgalikda uzoq yillik muttasil harbiy ziddiyatlar natijasida importga qattiq bog‘lanib qolgan 20 mlrd dollarlik iqtisodiyot meros qoldi. Afg‘oniston iqtisodiyoti qanday qurilganligi haqida «Gazeta.uz» maqolasida.

Xalqaro hamjamiyatning ko‘magi bilan Afg‘oniston 10 yildan ortiq vaqt mobaynida jadal iqtisodiy o‘sishni saqlab qoldi va muhim ijtimoiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashga erishdi. 2003 yildan 2012 yilgacha bo‘lgan davrda mamlakatda qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasining jadal o‘sib borishi iqtisodiyotning yillik o‘rtacha 9,4% ga kengayishiga xizmat qilgan. Biroq Jahon banki bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda yillik o‘rtacha iqtisodiy o‘sish bor-yo‘g‘i 2,5% ni tashkil etgan.

Afg‘oniston iqtisodiyoti

Ko‘rsatkichlar
2018
2019
2020
YAIM (mlrd dollar)
18,4
19,3
20,0
YAIMda qishloq xo‘jaligining ulushi (%)
25,2%
28,5%
30,6%
YAIMda sanoatning ulushi (%)
12,2%
12,3%
12,0%
YAIMda xizmatlar sohasining ulushi (%)
57,5%
54,6%
53,0%
YAIMning real o‘sishi (%)
1,2%
3,9%
-1,9%
Aholi jon boshiga YAIM (dollar)
493,8
507,1
512,7
Aholisi (mln kishi)
37,2
38,0
39,8

Eksport (mln dollar)
875
864
777
Import (mln dollar)
6596
6158
5880

Manba: Afg‘oniston Statistika milliy boshqarmasi

2020 yilda Afg‘oniston YAIMi, COVID-19 pandemiyasiga bog‘liq ravishda, Osiyo taraqqiyot banki hisob-китоблариga ko‘ra 5% ga, Afg‘oniston Statistika milliy boshqarmasi hisob-китоблариga qaraganda esa 1,9% ga qisqargan.

Jahon banki маълумотлариga qaraganda, 2020 yilda Afg‘oniston iqtisodiyoti hajmi joriy narxlarda 20 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan, mamlakat aholisi 38,9 mln kishini tashkil etgan.

Aholi jon boshiga YAIM bo‘yicha Afg‘oniston sayyoradagi eng qashshoq mamlakatlar qatoriga kiradi — 512,7 dollar, bu O‘zbekistondagi ko‘rsatkich — 1685,8 dollardan 3 baravar kamroq degani. Rasmiy манбаларga ko‘ra, mamlakat YAIMining 30,6% qismi qishloq xo‘jaligi, 12% qismi — sanoat ishlab chiqarishi va 53% qismi xizmatlar sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

«Xususiy sektor hajmi juda kichik va bandlik asosan samaradorligi past bo‘lgan agrar sohaga yo‘naltirilgan (jami ishchi kuchining 45,7% qismi qishloq xo‘jaligida band)», — deb yozadi Jahon banki.

Uzoq yillik muttasil harbiy ziddiyatlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti importga qattiq bog‘lanib qolgan. 2020 yilda Afg‘onistonning tashqi bozordan tovar va mahsulotlar xaridlari jami 6,5 mlrd dollardan ortiqni (Afg‘onistonning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 5,8 mlrd dollar) tashkil etgan, eksport hajmi esa importdan 8,5 barobar kichik — yiliga bor-yo‘g‘i 776,7 mln (777 mln dollar).

Afg‘oniston asosan quritilgan mevalar, dorivor o‘tlar, foydali qazilmalar, sabzavotlar, jun, paxta va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi.


Foto: Stefanie Glinski / TNH

Afyun

Jahon banki bergan маълумотларga ko‘ra, noqonuniy afyun savdosi afg‘on iqtisodiyotida hanuzgacha markaziy o‘rinni egallaydi. 119 minggacha bo‘lgan afg‘onlar afyun iqtisodiyotida band. Afyun mahsulotlarining ichki iste’moli, ishlab chiqarishi va eksportidan olinadigan daromad 2019 yilda 1,2 mlrd dollardan 2,1 mlrd dollargacha baholangan (YAIMning 7−11% qismi).

Turmush kechirish uchun muqobil daromad manbalarining mavjud emasligi, qonun ustuvorligining zaifligi va asosiy savdo marshrutlariga kirish osonligi afyun iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Afg‘on iqtisodiyotida noqonuniy faoliyat, shu jumladan afyun yetishtirish va noqonuniy savdosi asosiy o‘rin egallaganligi umumiy boshqaruvni zaiflashtiradi va hukumatni zarur daromad manbalaridan mahrum qiladi.

2019 yilda afyun narxi rekord darajada pastladi (2018 yildagi narxidan 33% arzonroq). O‘z navbatida, ko‘knori ekiladigan maydonlar 38% ga qisqardi — bu 2013 yildan beri kuzatilgan eng past daraja. Afyun yetishtirishning qisqarishi natijasida qishloq joylarda qashshoqlik darajasining sezilarli o‘sishi emas, balki boshqa turdagi ekinlar ekishga diversifikatsiya qilish potensiali oshganligi kuzatildi. Bundan xulosa qilish mumkinki, avvalgi yillardagi bozor sharoitining qulayligi afyun yetishtiruvchi uy xo‘jaliklariga o‘z aktivlari va jamg‘armalarini yig‘ish imkonini bergan.

Xalqaro yordam


Foto: The U.S. Army

Jahon bankining qayd etishicha, davlat institutlari va mulk huquqining kuchsizligi moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini cheklaydi. Xususiy sektorni kreditlash hajmi YAIMning bor-yo‘g‘i 3% ini tashkil etadi. Raqobatbardoshlikning kuchsizligi tarkibiy savdo taqchilligiga olib keladi (tarkibiy savdo taqchilligi — mamlakat o‘z ehtiyoji uchun zarur tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishi uchun resurs yoki malakalarning yetishmasligi natijasida yuzaga keluvchi tovar va xizmatlar taklifining kuchsizligi holati). Bu taqchillik YAIMning taxminan 30% qismiga teng bo‘lib, deyarli to‘liq xalqaro grantlar hisobiga moliyalashtiriladi.

Grantlar, shuningdek, davlat xarajatlarining 75% qismini moliyalashtiradi. Mudofaa xarajatlari (milliy xavfsizlik va politsiya) daromad darajasi past bo‘lgan davlatlar (YAIMning taxminan 3% qismi) bilan solishtirganda juda yuqori bo‘lib, 2019 yilda YAIMning taxminan 28% ini tashkil etgan. Natijada YAIMning 57% qismi jami davlat xarajatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xalqaro harbiy kontingentning bir necha barobarga qisqarishi (2011 yil 130 ming nafardan 2020 yil taxminan 15 ming nafargacha) fonida Afg‘onistonga moliyaviy yordamlarning oqimi 2009 yildagi YAIMning 100% idan 2020 yilda YAIMning 42,9% igacha kamaydi. Grantlarning kamayishi xizmatlar sohasining qisqarishi va keyinchalik mehnat bozoridagi vaziyatning yomonlashuviga olib keldi.

«Tolibon» harakati mamlakat hududini egallay boshlagani hamda harbiy va fuqarolik obektlariga hujumlarni amalga oshirganidan keyin vaziyat yanada yomonlashdi. Ayni paytda 2014 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda tinch aholi orasidagi qurbonlar soni 10 ming nafardan oshib ketdi. Grantlar qisqarishi va xavfsizlik darajasi pasayishining oqibatlari 2014 yilgi prezidentlik saylovlarining bahs-munozarali natijalaridan keyin yuzaga kelgan siyosiy beqarorlikni chuqurlashtirib yubordi. Milliy birlik hukumatining hokimiyatni taqsimlash to‘g‘risidagi konstitutsiyaga zid kelishuv asosida shakllanishi administrativ buzilishlarga olib keldi va islohotlarning borishini sekinlashtirib yubordi.

Oldinroq «Gazeta.uz» O‘zbekistonning Afg‘onistondagi iqtisodiy loyihalari va ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlari haqida maqola e’lon qilgan edi.