Toshkent telekanali efirida Malibu avtomashinasining YPX xodimi tomonidan to‘xtalishi aks etgan lavha uzatildi. Unda ispektor Abror Ismoilov haydovchidan ishonchnoma, tonirovkaga ruxsatnomalarni so‘rab, protokol yozmoqchi bo‘ladi.

Lavhada YPX xodimi ratsiyadan kelgan buyruqga asosan 01 584 AAA raqamli avtomashina haydovchisini qo‘yib yuborganini ko‘rish mumkin.

— Qanday mashinani ushlab turibsan?

— Malibu.

— Qo‘yvor bo‘ldi, ko‘p gapirmasdan. Yaxshi yetib oling deb tushuntirvor.

— Tushundim sizni.

Lavha so‘nggida, inspektor:

«Chiqarasizlarmi shu joyini?» — deydi reportajni suratga olayotganlarga qarab.