O‘zbekistonda kunlik koronavirus holatlari soni oshib bormoqda. 30 iyul kuni qayd etilgan yangi kasallanishlar soni 924 nafarni tashkil etib, yana pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkchini yangiladi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yil 30 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 129327 (+924) nafarni tashkil etmoqda.


Kasallikdan sog‘ayganlar jami 123164 (+796) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 30 iyulda 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 874 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, juma kuni 559 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 10357 nafarga yetdi.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 70 nafarga yetdi.