«zo‘rlash» tegli maqolalar


Farg‘onada 11 yoshli qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketilgani yuzasidan uch o‘smirga hukm o‘qildi
17 yanvar 2024, 15:06

Farg‘onada 11 yoshli qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketilgani yuzasidan uch o‘smirga hukm o‘qildi

Farg‘ona shahrida 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topilgandi. Sud ish bo‘yicha uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning ikkisi 13 va 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Biriga nisbatan esa 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan sobiq IIB xodimi 15 yilga qamaldi
25 dekabr 2023, 17:02

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan sobiq IIB xodimi 15 yilga qamaldi

Bo‘stonliq tumani sudi 31 yoshli sobiq profilaktika inspektorini voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda aybdor deb topib, unga 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jinoyat uchun shart-sharoit yaratib bergan 3 kishiga nisbatan ish ochish masalasi bo‘yicha prokurorga xabar yuborildi.

Sud Qibrayda 13 yoshli qizni zo‘rlagan erkakning apellyatsiya arizasini qanoatlantirmadi
22 dekabr 2023, 20:39

Sud Qibrayda 13 yoshli qizni zo‘rlagan erkakning apellyatsiya arizasini qanoatlantirmadi

Sud hay’ati 2019-yilda Qibray tumanida 13 yoshli qizni zo‘rlagan Milliy gvardiya xavfsizlik boshqarmasi sobiq xodimining apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. 15 yilga qamalgan erkakning jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Bosh prokuraturadan Samarqandda to‘rt kishi bir qizni zo‘rlagan voqeani nazoratga olish so‘ralmoqda
4 oktabr 2023, 17:20

Bosh prokuraturadan Samarqandda to‘rt kishi bir qizni zo‘rlagan voqeani nazoratga olish so‘ralmoqda

Nemolchi.uz loyihasi Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumanida bir qiz 4 nafar qo‘shnisi tomonidan zo‘rlanganini ma’lum qildi. Qizning qarindoshlari aytishicha, ekspertiza tuman IIB xodimining harakatsizligi sababli voqeadan 3 kun o‘tib o‘tkazilgan, jinoyat ishi esa faqat bitta gumonlanuvchiga nisbatan qo‘zg‘atilgan.

Farg‘onada bir ayolni do‘pposlab, uni zo‘rlagan 4 erkak 7 yildan 9 yilgacha qamaldi
22 avgust 2023, 10:41

Farg‘onada bir ayolni do‘pposlab, uni zo‘rlagan 4 erkak 7 yildan 9 yilgacha qamaldi

Beshariq tumanida oilali ayolga zo‘rlik ishlatib, urib-do‘pposlagan va jinsiy ehtiyojlarini qondirgan 4 erkakning biri 9 yilga, ikki nafari 8 yilga, yana biri esa 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Qibrayda 13 yoshli qizning zo‘rlanishi to‘g‘risidagi ish sudga topshirildi
9 avgust 2023, 20:16

Qibrayda 13 yoshli qizning zo‘rlanishi to‘g‘risidagi ish sudga topshirildi

2019-yilda Qibray tumanida 13 yoshli qizning zo‘rlanishi bo‘yicha ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq sudiga topshirildi. Qizning oilasi 2022-yilning bahoridan buyon gumonlanuvchini jinoiy javobgarlikka tortishga harakat qilmoqda. U iyul oyining oxirida hibsga olingan.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizning zo‘rlanishi bo‘yicha ish sudga oshirildi
5 avgust 2023, 12:05

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizning zo‘rlanishi bo‘yicha ish sudga oshirildi

Bahorda 2019-yilda Qibrayda 13 yoshli qiz qo‘shnisi tomonidan zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi. Ish sudga oshirildi. Qizning AQShda yashovchi oilasi ishni sudga oshirish uchun ko‘p kuch sarfladi, qator to‘siqlar va hatto tahdidlarga duch keldi.

Farg‘onada 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topildi
22 iyul 2023, 12:06

Farg‘onada 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topildi

Farg‘ona shahridagi qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topildi. 17 yoshli gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan.

Qashqadaryoda asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan erkak 12 yilga qamaldi
6 iyun 2023, 17:36

Qashqadaryoda asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan erkak 12 yilga qamaldi

Chiroqchi tumanida mehribonlik uyidan asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan 52 yoshli erkak 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Buxoroda 3 erkak bir ayolni zo‘rlashda gumonlanib ushlandi
13 may 2023, 10:44

Buxoroda 3 erkak bir ayolni zo‘rlashda gumonlanib ushlandi

G‘ijduvon tumanida 3 erkak cho‘l hududida bir ayolni jinsiy aloqa qilishga majburlanganlikda gumonlanib ushlandi. Ish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari ketmoqda.

Toshkent viloyatida erkak 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
13 aprel 2023, 18:45

Toshkent viloyatida erkak 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda

Erkak 2019-yilning yozida 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Voqeadan so‘ng qiz bu haqda ota-onasiga aytishga jur’at eta olmagan. Keyinroq ular bundan xabardor bo‘lgach, huquq-tartibot idoralariga qayta-qayta ariza bilan murojaat qilgan. Jinoyat ishi 2023-yilning 4-apreliga kelibgina ochilgan.

Namanganda yosh qizni zo‘rlashda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi
12 aprel 2023, 20:41

Namanganda yosh qizni zo‘rlashda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Namangan viloyatida voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanib qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi. Viloyat IIBga ko‘ra, u yashash xonadonining yerto‘lasidan topilgan. Hozirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Namanganda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani aytilgan erkak qidirilmoqda
11 aprel 2023, 12:49

Namanganda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani aytilgan erkak qidirilmoqda

IIV Namangan shahrida voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan erkakka nisbatan qidiruv e’lon qildi. Tarmoqlarda uni qo‘lga olish maxsus tadbiri aks etgan video tarqalgandi. Vazirlik erkakning ruhiy xastaligi va “nihoyatda tajovuzkorligi” sababli uni uchratganlardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘radi.

Qashqadaryoda erkak asrab olingan 2 nafar qizning nomusiga tekkanlikda gumonlanmoqda
6 aprel 2023, 18:13

Qashqadaryoda erkak asrab olingan 2 nafar qizning nomusiga tekkanlikda gumonlanmoqda

Qashqadaryoda erkak 8 nafar bola asrab olib, ulardan 2 nafar qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi qizlardan birining homilador bo‘lib qolganini rad etdi. Bolalar qarindoshlariga, yordam ko‘rsatish markaziga, Bolalarni himoya qilish shu’basi mudiri ixtiyoriga topshirildi.

Qashqadaryoda erkak asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagani aytilmoqda
5 aprel 2023, 17:31

Qashqadaryoda erkak asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagani aytilmoqda

Chiroqchi tumanida 52 yoshli erkak mehribonlik uyidan asrab olgan 13 yoshli qizni zo‘rlab, homilador qilib qo‘ygani aytilmoqda. Oliy sud holat bo‘yicha jinoyat ishi 7-aprel kuni yopiq sud majlisida ko‘rilishini ma’lum qildi.

Xorazmda qizlarning zo‘rlangani haqida rasmiylarga 2 oy oldin xabar berilgan — Irina Matviyenko
2 aprel 2023, 11:39

Xorazmda qizlarning zo‘rlangani haqida rasmiylarga 2 oy oldin xabar berilgan — Irina Matviyenko

Tanzila Narbayeva Xorazmda qizlarning zo‘rlangani bilan bog‘liq vaziyatga “davlat va jamiyatning murosasiz javobi bo‘lishi shart”ligini bildirdi. Saida Mirziyoyeva prokuraturadan holatga huquqiy baho berishni so‘radi. Irina Matviyenko esa vaziyat haqida rasmiylarga 2 oy oldin xabar berganini ta’kidladi.

Bosh prokuratura mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlash ishi bo‘yicha protest kiritdi
2 aprel 2023, 10:13

Bosh prokuratura mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlash ishi bo‘yicha protest kiritdi

Bosh prokuratura mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lgani uchun 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Xorazm viloyatining sobiq amaldorlariga nisbatan hukmni “yengil” deb topib, Oliy sudga protest kiritdi. U 29-mart kuni, voqea oshkor etilishidan ikki kun oldin chiqarilgan.

Toshkentda erkak 6 yoshli qizaloqqa tegajog‘lik qilishda ayblanmoqda
7 noyabr 2022, 22:34

Toshkentda erkak 6 yoshli qizaloqqa tegajog‘lik qilishda ayblanmoqda

Toshkentda sud 6 yoshli qizaloqqa tegajog‘lik qilishda ayblanayotgan erkakka nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqmoqda.

Toshkent viloyatida ota qizini zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Qiz homilador
29 sentabr 2021, 13:07

Toshkent viloyatida ota qizini zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Qiz homilador

Toshkent viloyatida 15 yoshli qizning onasi eri ikki yil davomida qizini zo‘rlab kelganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda qizi homilador. Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Farg‘onalik shaxs ikki yil davomida o‘g‘il bola jiyanini zo‘rlab kelgani aytilmoqda
3 avgust 2021, 20:35

Farg‘onalik shaxs ikki yil davomida o‘g‘il bola jiyanini zo‘rlab kelgani aytilmoqda

Farg‘ona viloyatida 11 yoshli bola ikki yil davomida o‘z amakisining jinsiy tajovuziga uchragani aytilmoqda. Hodisa to‘g‘risida bloger Aqida Xanum ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting