18 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 585 ta koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan bo‘lib, umumiy kasallanish holatlari 119 973 nafarni tashkil etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 462 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.


18 iyul kuni 562 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, sog‘ayganlar jami 114 865 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 801 nafarni tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, bundan avvalgi antirekord 25 iyun kuni qayd etilgan bo‘lib, unda 546 kishida koronavirus aniqlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.