O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qurbonov Abdurahim Eshonqulovich 47 yoshida koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi, deya xabar qildi parlament quyi palatasi matbuot xizmati.

Abdurahim Qurbonov 1974 yilda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan, tarix fanlari nomzodi edi.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi O‘zbekiston ekologik partiyasining fraksiyasi a’zosi, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.