Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 4 083 739 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 2 404 133 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 302 817 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 376 789 nafarni tashkil qildi.

3 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 114 065 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 69 631 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 23 452, 3-bosqich emlanganlar 20 982 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (492 662 doza), Farg‘ona viloyatida (474 382 doza), Andijon viloyatida (456 161 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 467 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 3 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 112 597 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 360 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 108 764 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 747 nafarni tashkil qildi.