Armanistonda o‘tkazilgan muddatdan avvalgi parlament saylovlarida bosh vazir vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyanning «Grajdanskiy dogovor» partiyasi g‘olib chiqdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Barcha 2008 ta saylov uchastkalarida byulletenlarni hisoblash natijasiga ko‘ra «Grajdanskiy dogovor» 53,92%, sobiq prezident Robert Kocharyannig «Armeniya» partiyasi 21,04% ovoz oldi.

Uchinchi o‘rinni 5,23% ovoz bilan Armanistonning avvalgi prezidenti Serj Sargsyanning «Chest imeyu» partiyasi egalladi. Parlamentga kirish uchun u yetti foiz to‘siqni yengib o‘tishi kerak edi.

Tadbirkor Gagik Sarukyanning «Protsvetayuaya Armeniya» partiyasi 3,96% ovozlarni qo‘lga kiritdi. Ushbu partiya uchun o‘tish chegarasi 5% ni tashkil qilgan.

20 iyun kuni Armanistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi, unda 21 ta partiya va to‘rtta blok qatnashdi. Saylovda ishtirok etish ko‘rsatkichi 49,4 foizni tashkil etdi.