Prezident ushbu hafta Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

«O‘zbekiston prezidenti 10−11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi. Asosiy muzokaralar tashrifning birinchi kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. Tashrifning ikkinchi kunida Xo‘jand shahrida qator tadbirlar rejalashtirilgan», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari haftani barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi yuzasidan taqdimotda qatnashish bilan boshlaydi.

Seshanba kuni esa chorvachilikni rivojlantirish hamda ozuqa bazasini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha videselektor yig‘ilishini o‘tkazish rejada bor.