Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 191 525 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 402 979 doza, 2-bosqichda emlanganlar 786 290 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 2256 nafarni tashkil qildi.

2 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 55 102 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 23 789 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 30 339, 3-bosqich emlanganlar 974 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (280 506 doza), Namangan viloyatida (257 550 doza), Andijon viloyatida (249 364 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 271 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 2 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100 997 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 320 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 96 889 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, kecha 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 693 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3415 nafar bemor davolanmoqda.