Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati faollari bilan uchrashuvida viloyatda mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish kerakligi haqida ta’kidladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri.

“Biz Surxondaryoda mahallabay ishlash tizimini takomillashtirishimiz kerak. 60 ta sektor rahbari 100 foiz ish vaqtini mahallada o‘tkazishi kerak. Ularning kabinetdagi ishlarini muovini bajaradi. Agar ular mahallaga tushib ishlasa, odamlar bilan ishlasa, ularga ish, sharoit topish, mahallaning o‘sish nuqtalarini belgilash bilan shug‘ullansa, jinoyatchilik kam bo‘ladi, norozilik kam bo‘ladi. O‘z-o‘zidan sohasining samaradorligi ortadi”, — deb aytdi u.

Avvalroq, Samarqand viloyatida Mahallabay ishlash markazi tashkil etilib, unda har uchta mahallaga bittadan inspektor biriktirilishi haqida xabar berilgan edi.