27−28 may kunlari futbol bo‘yicha Ukrainada Valeriy Lobanovskiy xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqa o‘z yakuniga yetdi. Unda Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U-21 terma jamoasi ishtirok etdi.

27 may kuni Ozarbayjonni 1:0 hisobida taslim qilgan o‘zbekistonlik yoshlar, 28 may kuni musobaqa mezboni Ukraina yoshlarini 2:0 hisobida taslim qilishdi hamda turnir g‘olibiga aylanishdi.

Foto: Videodan lavha

Ikkita o‘yinda ikkita gol urgan Jasur Jaloliddinov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.