22 may kuni soat 19:20larda Farg‘ona viloyati Quva tumani Paxtakor MFYda joylashgan «Shaffof» nomli avtotransport vositalariga gaz quyish shaxobchasida gaz to‘ldirilayotgan «Vaz-2101» avtomobilining gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Natijada, yaqin atrofda turgan fuqarolar, 32 yoshli T.F. hamda 58 yoshli A.X. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni ertalab Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ham Nexia rusumli avtomobilning gaz balloni mashina harakatlanib ketayotgan vaqtda portlab ketgan edi. Natijada ikki kishi voqea joyida qurbon bo‘ldi, bir kishi og‘ir jarohat oldi.