Samarqand viloyatida soliq ispektori va fermer fuqaroga noqonuniy ravishda 15 gektar yer maydonini olib bermoqchi bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspektori B.J. va fermer ho‘jaligi raisi X.B., fuqaroga tumandan 15 gektar yer maydonini 13.000 AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini va’da kilgan. Fuqaro «Pavloniya» ko‘chatini ekish niyatida yurgan.

B.J. va X.B. 17 may kuni so‘ralgan pullarni qo‘lga kiritayotgan vaqtida, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX ning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.