O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, 1 may kuni Hindistonga insonparvarlik ko‘magi yetkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Mobil kislorod konsentratorlari to‘plamlari, ehtiyoj yuqori bo‘lgan turli dori vositalaridan tarkib topgan insonparvarlik yuklari Dehli aeroportida mamlakatning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov tomonidan Hindiston Qizil Xoch jamiyati va Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakillariga topshirildi.

2020 yilda Hindiston O‘zbekistonga dori-darmonlar, shu jumladan COVID-19ni davolash uchun mo‘ljallangan gidroksixloroxin va boshqa dorilarni taqdim etgan edi. 2021 yil mart oyida COVAX tashabbusi doirasida Hindiston dori Instituti tomonidan ishlab chiqarilgan 660 ming doza CoviShield (AstraZeneca) vaksinasi O‘zbekistonga olib kelindi. Iyun oyida navbatdagi partiya yetkaziladi.

Hindiston koronavirus bilan kasallanish holatlarining kunlik o‘sishi va ushbu kasallikdan o‘limlar soni bo‘yicha jiddiy inqirlozni boshidan kechirmoqda. 1 may kuni mamlakatda bir sutka ichida deyarli 402 ming ta yangi holatlar aniqlangani va 3500dan ortiq o‘lim qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. Pandemiya boshlanishidan buyon qayd etilgan holatlar soni 19 millindon oshdi, vafot etganlar soni esa deyarli 212 ming kishini tashkil etmoqda.