To‘lov uchun botlar 2017 yildan beri mavjud, ammo ular bilan foydalanish noqulay bo‘lgan. Messenjerning yangilangan versiyasida Payments 2.0 orqali to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish imkoniyati tufayli botlar bilan ishlash osonroq bo‘ladi, deya xabar bermoqda Spot.

Ilovada 8 ta o‘rnatilgan to‘lov tizimi mavjud — Stripe, Yandex.Money, Sberbank, Tranzzo, PayMe, CLICK, LiqPay, ECOMMPAY. Bulardan PayMye va CLICK O‘zbekiston to‘lov tizimlaridir.

To‘lov platformasi ochiq va bepul — komissiya olinmaydi va to‘lov ma’lumotlari saqlanmaydi. Har bir savdogar Telegram bilan qo‘shimcha kelishuvlarsiz Payments API maydonchasidan foydalana oladi. Qo‘shimcha ma’lumot Telegram’ning rasmiy blogida keltirilgan.

«Payments 2.0»dan foydalanish uchun Telegram 7.7 (Kompyuterlar uchun esa Telegram Desktop 2.7.2) yoki undan yuqori versiyasini yuklab olish (yangilash) kerak bo‘ladi.

Sinov rejimi Demo Store kanalida o‘tkazilmoqda.