Qashqadaryo viloyati Umakay qishlog‘ida yashovchi uch nafar fuqaro O.J, O.N va X.B. 6 aprel kuni Chiroqchi tumanidagi 134-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab hududida ingliz tili o‘qituvchisi Sh. O.ni kaltaklashgan. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, fuqarolar guyoki ukasi, shu maktabdagi 6 «A» sinf o‘quvchisi M.O ga asossiz qoniqarsiz ikki baho qo‘yilganini bahona qilishgan. O‘qituvchi tanasining yuz qismiga bir necha marotaba qasddan urishgan.

13 aprel kuni Tuman tergov bo‘limi tomonidan o‘qituvchining kaltaklangani yuzasidan JKning 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.