«chiroqchi» tegli maqolalar


Qashqadaryoda erkak asrab olingan 2 nafar qizning nomusiga tekkanlikda gumonlanmoqda
6 aprel 2023, 18:13

Qashqadaryoda erkak asrab olingan 2 nafar qizning nomusiga tekkanlikda gumonlanmoqda

Qashqadaryoda erkak 8 nafar bola asrab olib, ulardan 2 nafar qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi qizlardan birining homilador bo‘lib qolganini rad etdi. Bolalar qarindoshlariga, yordam ko‘rsatish markaziga, Bolalarni himoya qilish shu’basi mudiri ixtiyoriga topshirildi.

Qashqadaryodagi tug‘ruqxonada tok o‘chishi natijasida go‘daklar sovuqda qolgani aytilmoqda
11 dekabr 2022, 15:34

Qashqadaryodagi tug‘ruqxonada tok o‘chishi natijasida go‘daklar sovuqda qolgani aytilmoqda

Ko‘kdala tumanidagi tug‘ruqxonada elektr yo‘qligi sabab chaqaloqlar va ularning onalari sovuqda qolgani aytilmoqda. «Hech bo‘lmasa, shifoxonaga „svet“ beringlar», — deydi ayollar. Biroq tuman hokimligi isitishda uzilish bo‘lmaganni aytib, generatorni ishga tushirmagan xodimlarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

Chiroqchida YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
27 aprel 2022, 19:15

Chiroqchida YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Chiroqchi tumanida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan YPX xodimlari va aholi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Fuqarolardan biri inspektorning pogoni va bodikamerasini yulib olgan. Tuman prokuraturasi ularga nisbatan jinoyat ishi ochdi.

Qashqadaryoda yangi tuman tashkil etildi
17 mart 2022, 17:37

Qashqadaryoda yangi tuman tashkil etildi

Qashqadaryoning Chiroqchi tumani tarkibida yangi Ko‘kdala tumani tashkil etildi. Unga Chiroqchidagi 420 ming nafar aholining 176,3 ming nafari yashayotgan 32 ta mahalla kiritiladi va Yettitom shaharchasi tuman markazi etib belgilandi.

Chiroqchida YHXB boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda
4 mart 2022, 18:32

Chiroqchida YHXB boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda

Qashqadaryoda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i sherigi bilan pora olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Chiroqchida «svet» o‘chishi muammolari sababli aholi poyezd yo‘lini to‘sib qo‘ydi
9 iyun 2021, 13:58

Chiroqchida «svet» o‘chishi muammolari sababli aholi poyezd yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Chiroqchi tumani «Ayratom» qishlog‘i aholisi elektr energiyasi ta’minoti qoniqarsiz bo‘lganligi sabab poyezd yo‘lini to‘sib qo‘ydi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» bunga tuman hokimi ushbu muammoni hal qilish uchun qishloq aholisi bilan uchrashmaganligi sabab bo‘lganligini ta’kidladi. Tuman hoqimligi esa temiryo‘l to‘sib qo‘yilgan paytda hokim boshqa mahallaga ketayotgani va voqeadan xabar topgach, hududga borganini aytmoqda.

Chiroqchida avtomobil gaz balloni portlashi natijasida ikki kishi vafot etdi
22 may 2021, 23:38

Chiroqchida avtomobil gaz balloni portlashi natijasida ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Nexia avtomobilida harakat vaqtida gaz balloni portladi. Ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, bir kishi og‘ir jarohatlandi.

Chiroqchida 7 yoshli bolaning o‘limi sabab ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi
27 aprel 2021, 15:21

Chiroqchida 7 yoshli bolaning o‘limi sabab ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Oqtunli qishlog‘ida yashovchi ayollar farzandlari qo‘shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotgani, ular Xo‘jaobod qishlog‘idagi maktabga borishi uchun Qarshi-Samarqand avtomobil yo‘lidan kesib o‘tishlari xavfli ekanini bildirib, yo‘lni to‘sib, mashinalar harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatishgan.

Chiroqchida kaltaklangan o‘qituvchi ishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
14 aprel 2021, 11:17

Chiroqchida kaltaklangan o‘qituvchi ishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qashqadaryoda uch nafar fuqaro 6 sinf o‘quvchisiga ikki baho qo‘ygan o‘qituvchining yuzini bir necha marotaba urib, kaltaklashgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda mashinasida o‘quvchini urib yuborgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 fevral 2021, 22:49

Qashqadaryoda mashinasida o‘quvchini urib yuborgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida katta tezlikda piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan o‘quvchini urib yuborgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting