Samarqand davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari 35 yoshli Sh. P. ushbu fakultetning 1-bosqich talabasi Sh. I. ning psixologiya fanidan oraliq nazorati imtihonini ijobiy hal qilishi va uni yakuniy imtihonga kiritishi evaziga $500 olmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

Dekan o‘rinbosari 30 mart kuni soat 16:00da pullarni tadbir ishtirokchisi B.B.dan olgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davomida, Sh. P. dan 500 AQSH dollar pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Sh. P. ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (firibgarlik, ya’ni xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.