29 mart kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida Xalq Maslahati yangi parlament palatasiga saylovlar natijalari bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Turkmaniston AA.

Mazkur saylovlarda Turkmaniston prezidenti Xalq Maslahati Milliy Kengashi a’zoligiga saylandi.

Gurbanguli Berdimuhamedov nomzodiga saylovchilarning 100 foizi ovoz bergani ma’lum qilingan.

2020 yil qabul qilingan Turkmaniston Konstitutsiyasining 78 moddasiga muvofiq, prezident Milliy kengash a’zosi yoki deputati bo‘la olmaydi.

Shuningdek, 87-modda Xalq Maslahati a’zolari va Majlis deputatlariga bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasi a’zosi lavozimini egallashni taqiqlaydi, davlat rahbari esa uning raisi hisoblanadi.