Qoraqalpog‘istoning Mo‘ynoq tumanida UAZ-3303 yuk avtomobili haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yubordi, deya xabar qildi Farg‘ona viloyat IIB.

Hodisa 21 mart kuni 4R-173 avtoyo‘lida sodir bo‘ldi. E’lon qilingan videoyozuvga ko‘ra, YPX xodimi transport vositasi yo‘liga chiqib, uni to‘xtatishga harakat qilgan. Spirtli ichimlik iste’mol qilib, avtomobil boshqarayotgan haydovchi esa unga bo‘ysunmasdan, harakatni davom ettirgan.

YPX inspektori Daniyar Kairboyev olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.