Avstraliyada toshqinlar oqibatida 18 kishi evakuatsiya qilindi

Avstraliyada 22 mart kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida toshqinlar sodir bo‘ldi. Buning natijasida Port-Makkuori shahri va uning atrofidagi bir qator aholi punktlaridan 18 ming kishi evakuatsiya qilindi. 23 mart kuni yana 15 ming kishi evakuatsiya to‘g‘risida ogohlantirildi. Avstraliya hukumati suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga yordam berish uchun armiyani jalb qilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Skott Morrison ma’lum qildi. «Avstraliya mudofaasi harbiylari mamlakat sharqidagi toshqin qurbonlarini evakuatsiya qilishda yordam berishadi. Yangi Janubiy Uels rasmiylari Richmond shahri va Kolo daryosi havzasidagi odamlarni qutqarish uchun harbiy vertolyotlarni yuborishga yordam so‘radi. 500 dan 1000 nafargacha bo‘lgan askar va ofitserlarning safarbar etilishi ko‘rib chiqilmoqda, agar kerak bo‘lsa, zarar ko‘rgan hududlarga yuboriladi», dedi Morrison. — TASS.


Harbiylar Myanmada 164 namoyishchi halok bo‘lganini tasdiqlamoqda

Myanmada xavfsizlik xizmati xodimlari bilan to‘qnashuvda kamida 164 namoyishchi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters 22 mart kuni harbiylarning rasmiy vakili Zo Min Tunga tayanib ma’lum qildi. «Ularning vafot etganidan afsusdaman, chunki ular ham ushbu mamlakat fuqarolari», deya ta’kidladi u. Namoyishlar natijasida xavfsizlik kuchlarining to‘qqiz xodimi ham halok bo‘lgani aytildi. Oldinroq Myanmadagi siyosiy mahbuslarga yordam berish uyushmasi 1 fevraldan beri namoyishchilar va xavfsizlik xizmati xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvda 250 kishi vafot etgani haqida xabar bergan edi. — Reuters.

1 fevral kuni Myanmada hukumat rahbarlari harbiylar tomonidan hibsga olingani va mamlakatda bir yilga favqulodda holat joriy etilgani haqida xabar bergan edik.


Janubiy Koreya prezidenti va uning rafiqasi AstraZeneca vaksinasi bilan emlandilar

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va uning rafiqasi Kim Chjon Suk AstraZeneca vaksinasi bilan emlandilar. Emlanish Seul markazidagi prezident qarorgohi — Moviy uy yaqinidagi tuman klinikasida o‘tkazildi. Mamlakat rahbari va birinchi xonimidan tashqari, Koreya Respublikasi hukumatining to‘qqiz nafar vakili ham koronavirusga qarshi emlandi. Vaksinatsiya Buyuk Britaniyada 11−13 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirildi. 21 mart kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda Mun Chje In AstraZeneca vaksinasining xavfsizligi va samaradorligi «xalqaro miqyosda» tasdiqlanganligini aytdi. U mamlakat aholisini vaksinaning xavfsizligiga shubha qilmaslikka va emlanishga chaqirdi. — Yonhap News Agency.


Buyuk Britaniya xalqaro safarlarga taqiqini iyul oyigacha uzaytiradi

Buyuk Britaniya rasmiylari xalqaro sayohatlardagi taqiqni iyul oyigacha uzaytirishni rejalashtirishmoqda, qoidabuzarlarga 5 ming funt sterling (6,9 ming dollar) miqdorida jarima solinishi ko‘zda tutilgan. The Times’ning xabariga ko‘ra, hukumat 22 mart kuni deputatlarga tegishli tavsiyalar bergan. Ushbu masala bo‘yicha ovoz berish 25 martga belgilandi. Nashrning ta’kidlashicha, 30 iyunga qadar zarur deb hisoblanmaydigan barcha chet el safarlari taqiqlangan bo‘lib qoladi. Ish, o‘qish, davolanish uchun chet elga chiqish, o‘lim to‘shagida bo‘lgan qarindoshi yoki do‘stiga tashrif buyurish, uylanish yoki yaqin qarindoshining to‘y marosimida qatnashish, mol-mulkni ko‘chirish yoki sotish uchun istisnolar amalga oshiriladi. Chet ellik sayyohlarning qirollikka kirishi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar yo‘q. Ammo, yozilishicha, Buyuk Britaniyaga kirish uchun majburiy karantin qoidalari avgust-sentyabr oylariga qadar yumshatilishi kutilmayapti. Endi har qanday mamlakatdan kiradiganlar 10 kun o‘z-o‘zini yakkalaydi, shuningdek, koronavirusga qarshi kamida uchta testdan o‘tishi kerak — biri kirishdan oldin, ikkitasi — kelgandan keyin, karantinning ikkinchi va sakkizinchi kunlarida. — The Times.


BMT bosh kotibi pandemiya sharoitida osiyoliklarga qilingan hujumlarni qoraladi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirus pandemiyasi sharoitida osiyoliklarga nisbatan kamsitish va hujumlardan xavotir bildirdi. «Bosh kotib COVID-19 pandemiyasi paytida osiyoliklarga va osiyolik millatiga mansub kishilarga nisbatan zo‘ravonlik ko‘payganidan chuqur xavotirda», deyiladi bayonotda. Bosh kotib «dahshatli halokatli hujumlar, og‘zaki va jismoniy zo‘ravonlik, maktablarda bezorilik, ish joyidagi kamsitish, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda nafratni qo‘zg‘atish, hokimiyatdagi odamlarning provokatsion bayonotlari» ga e’tibor qaratdi. «O‘tgan yil davomida minglab hodisalar asrlar osha toqat qilmaslik, stereotip, ekspluatatsiya va zo‘ravonlik holatiga aylandi», deya qo‘shimcha qildi Guterrish. — BMT veb-sahhifasi.


Fransiya prezidenti odamlarni «ertalab, kunduzi va kechasi» emlashga chaqirdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aholini COVID-19 koronavirusiga qarshi emlash imkoniyatlarini maksimal darajada oshirishga chaqirdi. Emlash markaziga tashrif buyurish chog‘ida, Makron vaksinatsiya «maksimal» bo‘lishi kerakligini va haftada yetti kun «ertalab, kunduzi va kechasi» o‘tkazilishi kerakligini aytdi. «Emlash uchun dam olish yoki ta’til kunlari bo‘lmasligi kerak», dedi Fransiya rahbari. Shuningdek, u 27 mart kunidan boshlab 70 yoshdan oshgan insonlar Fransiyada koronavirusga qarshi vaksinani olishlari mumkinligini ma’lum qildi. Bungacha, 65 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan odamlar, agar ularda og‘ir kasalliklar bo‘lsa emlanishi mumkin edi. — Interfaks.