AQSH Senati sobiq prezident Donald Trampning tarixiy impichmentiga qarshi ovoz berdi, deb xabar bermoqda RBK CNBC ma’lumotlariga asoslanib.

Kongress yuqori palatasining 57 a’zosi- Demokratlar partiyasining barcha 50 vakili va 7 nafar respublikachilar sobiq davlat rahbarini isyonga da’vat qilishda ayblash uchun ovoz berishdi. Impichment e’lon qilish uchun 67 ta ovoz to‘plash kerak. 43 senator qarshi ovoz bergan.

Donald Trampga nisbatan impichment jarayoni 9 fevral kuni boshlangan. 13 fevral kuni himoya qiluvchi va ayblovchi tomonlar jarayonni cho‘zmaslik uchun guvohlarni so‘roq qilmaslikka qaror qilgan. Tomonlarga so‘nggi bahslar uchun ajratilgan to‘rt soatdan ikki soatdan kamrog‘i yetarli bo‘lgan.

Yanvar oyida AQSH Vakillar palatasi Donald Trampga impichment e’lon qilish uchun ovoz berdi. Sobiq prezident Kongress binosiga bostirib kirgan ko‘plab tarafdorlarini qo‘zg‘atganligi uchun AQSH hukumatiga qarshi isyon qo‘zg‘aganlikda ayblangan.