BBC Rossiyaning Gelenjik shahridagi «Putin saroyi»ning qurilishida ishtirok etgan o‘nlab ishchilar bilan suhbatlashdi.

2011 yil kuzida saroyga tashrif buyurgan ishchilardan biri saroyni 2011 yil 8 oktyabrgacha topshirish shoshilinch bo‘lganligini aytgan.

«Birinchi taassurot xuddi men Misr piramidalari qurilishiga tushib qolgandek edim. Hisob-kitoblarimga ko‘ra, o‘sha paytda qurilish maydonida taxminan 1,5 ming kishi ishlagan. Harbiylar, o‘zbeklar, ruslar, barchalari aralash. Juda shoshilishar edi», — deb eslaydi u.

Muholifatchi Aleksey Navalniy tomonidan tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi 19 yanvar kuni «Putin uchun saroy» nomli katta surishtiruv o‘tkazganini ma’lum qilgan edi.

Qurilish davlatga tegishli «Rosneft» va «Transneft» tomonidan moliyalashtirilganligi aytilgan.

Surishtiruv mualliflari ushbu sxemani «dunyodagi eng katta pora» deb atashgan va saroy va uzumzorlarga sarflangan mablag‘larning umumiy miqdorini kamida 100 mlrd rubl (1,35 mlrd dollar) deb hisoblashgan.

Hozirda ushbu surishtiruv haqidagi film 111 mln martadan ko‘p ko‘rilgan.