AQSH Senati seshanba kuni mamlakatning 45 prezidenti Donald Trampga nisbatan impichment bo‘yicha ikkinchi sud jarayonini o‘tkazishga ovoz berdi, дебёзмоқда The New York Times.

Ushbu protsedura konstitutsiyaviy bo‘lishi uchun 100 senatordan 56 tasi tarafdor bo‘lib, 44 nafari qarshi ovoz berishdi. Respublikachi senatorlarning aksariyati Donald Trampni qo‘llab-quvvatladilar, faqat oltitasi demokratlarga qo‘shildi. Nashrning ta’kidlashicha, ushbu ovoz berish natijalari, ehtimol Oq uyning sobiq rahbari oqlanishini ko‘rsatmoqda. Impichment e’lon qilish uchun Senatning 67 a’zosining ovozi talab qilinadi.

«Ushbu sud natijalari oldindan belgilab qo‘yilgan. Tramp oqlanadi», — dedi Respublikachilar partiyasi vakili senator Ted Kruz.

Yanvar oyida AQSH Vakillar Palatasi Donald Trampga impichment e’lon qilish uchun ovoz berdi. Sobiq prezident Kongress binosiga bostirib kirgan ko‘plab tarafdorlarini қўзғатганлигиuchun AQSH hukumatiga qarshi isyon qo‘zg‘aganlikda ayblanmoqda.

«Bu Amerikaning kelajagi bo‘lishi mumkin emas. Hukumat va institutlarimizga qarshi ommaviy zo‘ravonlikni qo‘zg‘atadigan va safarbar etadigan prezidentlarga ega bo‘lishimiz mumkin emas, chunki ular xalqning irodasiga bo‘ysunishdan bosh tortishadi», — dedi impichmentning yetakchi menejeri, demokrat Jeymi Ruskin.

Impichment bo‘yicha ovoz berish 10 fevralda davom etadi. Donald Tramp ikki marta impichmente’lon қилинганAQSHнинг birinchi prezidenti bo‘ldi.