Prezident Shavkat Mirziyoyev Sport vazirligi Turizm masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birlashtiriladi. Bu haqda Prezident raisligidagi yig‘ilishdan «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

«Sen pastdagi vaziyatni bilasan, ko‘plab sport ob’ektlaridan foydalanilmaydi, foydali ish koeffitsiyenti 50%dan past. Ular 24 soat ishlashi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev Aziz Abduhakimovga.

«Gazeta.uz» ma’lumotlariga ko‘ra, Sport vazirligi turizm qo‘mitasi tarkibiga kiritilguniga qadar Aziz Abduhakimov vaqtincha vazirlik rahbari bo‘lib turadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq sport vaziri Dilmurod Nabiyev lavozimidan ozod etilgan edi.

30 yanvar kuni bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylangan edi.