Myanma harbiy hukumati Facebook’ni blokladi

Myanma harbiy hukumati internet-provayderlarga mamlakatdagi davlat to‘ntarishidan bir necha kun o‘tgach, norozilik namoyishlari kuchayib borayotgan bir paytda Facebook’ga kirishni vaqtincha to‘sib qo‘yish bo‘yicha buyruq berdi. “Biz rasmiylardan Myanmadagi odamlar o‘z oilalari va do‘stlari bilan muloqot qilishlari va muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishlari uchun aloqani tiklashni talab qilamiz”, — deyiladi Facebook vakilining bayonotida. Bundan tashqari, mamlakatda Instagram, WhatsApp va Facebook Messenger messenjerlari bloklangan, deb xabar beradi NetBlocks internet monitoring xizmati. Ba’zi OAVlarning xabarlariga ko‘ra, harbiy hukumat buyrug‘i bilan provayderlarga 7 fevral kuni yarim tungacha Facebook’ga kirishni cheklash to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan. — Bloomberg.

1 fevral kuni Myanmada harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. Hokimiyat qurolli kuchlarning bosh qo‘mondoni Min Aung Xlaynuga o‘tdi, vitse-prezident Mint Shve prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Harbiylar bir yilga favqulodda holat e’lon qildi. 3 fevral kuni mamlakat harbiy kuchlari ilgari hibsga olingan 400 ga yaqin kishini, shu jumladan, hukmron Demokratiya uchun Milliy Liga partiyasidan bo‘lgan deputatlarni ozod qildi. 4 fevral kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Myanmada mamlakatda hokimiyatni harbiy qo‘lga kiritish natijasida hibsga olinganlarning barchasini ozod qilishga chaqirdi.

2 fevral kuni BMTning Xavfsizlik kengashi Myanma masalasini muhokama qilish uchun yig‘ilgan. Kengash bayonoti “harbiy to‘ntarishni qoralash” va harbiylarni “noqonuniy hibsga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishga” chaqirishga qaratilgan bo‘lgan. Biroq Kengash bu haqda e’lon qila olmadi, chunki BMTning Xitoy va Rossiyadagi elchilari kelishuvga erishishdan oldin Pekin va Moskvaning tegishli ko‘rsatmalari bo‘lishlarini aytdilar.

BMT oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlarida rekord darajadagi o‘sishni qayd etdi

Jahonda oziq-ovqat narxlari yanvar oyida keskin ko‘tarilib, 2014 yil iyulidan beri eng yuqori ko‘rstakich qayd etildi. Yanvar oyida oziq-ovqat narxlari indeksi 113,3 tashkil etdi, bu 2020 yil dekabrga nisbatan 4,3 foizga yuqori. Yorma mahsulotlari indekslari dekabr oyiga nisbatan 7,1 foizga o‘sdi, bunga makkajo‘xori uchun xalqaro narxlarning keskin o‘sishi (11,2 foizga) sabab bo‘ldi. 2020 yil yanvar oyiga nisbatan makkajo‘xori 42,3 foizga qimmatlashdi. Global talabining o‘sishi va Rossiyadan sotuvlar pasayishi kutilmalari natijasida bug‘doy narxi 6,8 foizga oshdi. Shuningdek, guruch narxlari Osiyo va Afrikaning kuchli talabi bilan ko‘tarildi. O‘simlik yog‘i narxlari indeksi yanvar oyida 5,8 foizga o‘sdi va 2012 yil may oyidan beri eng yuqori darajaga yetdi. Shakar narxlari indeksi dekabr oyiga nisbatan 8,1 foizga o‘sdi. — BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO).

Isroil Suriyaga havodan hujum qildi

Isroil havo kuchlari 4 fevral kechqurun Suriyaning janubiga hujum qildi. Suriyaning SANA agentligining xabar berishicha, Suriya mudofaa kuchlari mamlakatning janubiga otilgan deyarli barcha raketalarni tutib qolishgan. Step News Agency’ning xabariga ko‘ra, Damashq atrofidagi hudud, shu jumladan, poytaxt aeroporti va Suriya harbiylari nazoratidagi ob’ektlar joylashgan hudud ham nishonga olingan. The Jerusalem Post’ning ta’kidlashicha, zarbalar Erondan Isroil va Livanga qurol yuborilishi mumkinligi ma’lum bo‘lganidan ko‘p o‘tmay amalga oshirilgan. — The Jerusalem Post.

AQSHning Ogayo shtatida Trampning tug‘ilgan kunini shtatda dam olish kuni deb belgilashni taklif etishdi

Ogayo shtatidagi respublikachilari 14 iyun, AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning tug‘ilgan kunini, shtatda dam olish deb belgilashni taklif qilishmoqda. Shtat Vakillar Palatasi respublikachilari Jon Kross va Reji Shtolsfus partiyadoshlarini ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashgan va 14 iyunni dam olish kuni — prezident Donald Tramp kuniga aylantirishga chaqirishmoqda. Qonun chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, Amerikaning sobiq rahbari “jiddiy qiyinchiliklarga qaramay, AQSHni misli ko‘rilmagan farovonlikka olib kelgan ko‘plab ishlarni amalga oshirdi”. — CNN.