23 yanvarda Gollandiyaning ko‘plab shaharlarida karantin cheklovlariga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Shu kuni mamlakatda Ikkinchi jahon urushidan buyon ilk bora komendantlik soati kuchga kirdi.

Euronews xabariga ko‘ra, namoyishlar seshanba kuniga o‘tar kechasi ham sodir bo‘lgan.

Namoyishchilar politsiyachilarga hujum qilib, ularga fişek va toshlarni uloqtirdilar, pogromlar va qaroqchiliklarni uyushtirdilar. Huquq-tartibot idoralari 150 dan ortiq odamni hibsga olgan.

21:00 dan 04:30 gacha aholiga uylaridan chiqish taqiqlanib, qoidabuzarlarga 95 yevro jarima solinishi belgilangan. Norozilik namoyishlari 3 kun mobaynida davom etib kelmoqda.

Namoyish ishtirokchilari asosan yoshlardan iborat bo‘lgan. Ular o‘t yoqqan, politsiya xodimlariga tosh va mushaklarni otib, mashinalarni ag‘darishgan. Luterlar esa do‘konlarni o‘margan.

Politsiya bilan eng katta to‘qnashuv sodir bo‘lgan Rotterdamda favqulotda vaziyat e’lon qilindi.

To‘qnashuvlar Amsterdam, Gaaga, Amersfort, Gelene va boshqa shaharlarda ham sodir bo‘lgan. Namoyishlarning uchinchi kuni politsiya 184 kishini hibsga oldi. Gollandiyadagi ushbu tartibsizliklar so‘nggi 40 yil ichidagi eng yirik ekanligi qayd etildi.