Qashqadaryo IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2 dekabr kuni soat 20:00 larda Dj.R. boshqaruvidagi Koson tumani hokimiyatiga tegishli, «CAPTIVA» , «O‘rta Obron» MFY, Mustaqillik ko‘chasini piyoda kesib o‘tayotgan Dj.Sh.ni mashinaning old o‘ng tomon qismi bilan urib yuborib, YTH sodir qilgan.

Koson tumani hokimligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishiga ko‘ra, mashina tuman hokimiga tegishli bo‘lgan va boshqaruvda uning haydovchisi edi.

YTH oqibatida fuqaro Dj.Sh og‘ir tan shikasti olib, hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Dj.Shni yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etganligi bo‘yicha Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borish uchun Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida olib borilmoqda.