Bloomberg COVID-19'ga qarshi vaksinalar bo‘yicha erishilgan shartnomalar haqida ma’lumot berdi. Dunyo bo‘yicha umumiy 8,33 mlrd doza vaksina bo‘yicha kelishuvlar mavjud. Bu dunyo aholisining yarmini emlash uchun yetarli (vaksinalarning ayrim turlari ikki marta emlashni talab qiladi).

Eng ko‘p vaksina bo‘yicha kelishuvlarga Hindiston ega — 2,2 mlrd doza (AstraZeneca/Oxford, Novavax, Gamaleya). Shuningdek, Yevropa Ittifoqi 1,4 mlrd doza, AQSH 1 mlrd dan ortiqroq doza vaksinalar sotib olish bo‘yicha kelishuvlarga ega.

Bu borada aholi jon boshiga vaksina bo‘yicha eng katta qamrov Kanadada — 214 mln doza (aholi soni 38 mln), 303% qamrov (Novavax/Sanofi, Moderna, AstraZeneca/Oxford, Medicago, Pfizer/BioNTech, Johnson & Johnson).


O‘zbekiston esa 70 mln doza (110% qamrov) vaksina bo‘yicha kelishuvga ega (faqat Gamaleya bilan).

Eng ko‘p buyurtma berilgan vaksina turi AstraZeneca/Oxford kompaniyasiga tegishli bo‘lib turibdi — 2,9 mlrd doza. Shuningdek, Novavax kompaniyasi vaksinalar bo‘yicha 1,2 milliarddan ortiq buyurtma olgan.