Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2020−2021 yillarda Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi sifatida ishlagan Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumani hokimi bo‘ldi.

U 2017−2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

14 yanvar kuni Yunusobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Rahmonbek Usmonov transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.