Yanvar oyining ilk haftasida Telegram’dagi faol foydalanuvchilar soni 500 milliondan oshdi, deya xabar berdi Telegram asoschisi Pavel Durov.

Xabarga ko‘ra, so‘nggi 3 kunning o‘zida butun dunyo bo‘ylab 25 mln foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Yangi foydalanuvchilarning 38 foizi Osiyodan, 27% Yevropa, 21% Lotin Amerikasi va 8 foizi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan.

Pavel Durovning aytishicha, Telegram’ga o‘tgan yil kuniga 1,5 mln yangi foydalanuvchi qo‘shilgan vaqtlar ham bo‘lgan, lekin bu safargi raqamlar rekordlarni yangilangan.

«Yarim milliardli auditoriya darajasiga chiqqan Telegram xavfsizlikni xohlaydiganlar uchun qulay joyga aylandi. Biz bu mas’uliyatni tushunamiz. Biz sizni uyaltirib qo‘ymaymiz», — deb yozadi Telegram asoschisi.