Toshkent shahrida «Sankt-Peterburg davlat universiteti» Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etiladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, ushbu filial universitetning alohida tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, ta’lim faoliyatini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlaydi.

Filialda kadrlar tayyorlash kunduzgi, keyinchalik sirtqi va boshqa ta’lim shaklida olib boriladi.

Bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitetning belgilangan namunasidagi diplomi beriladi.

Bunda davlat granti asosida ta’lim olgan filial bitiruvchilari 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekistonning davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanishi ma’lum qilindi.

To‘lov-kontrakt miqdori filial tomonidan belgilanadi.

Filialda o‘qish bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

● Filologiya (sharq tillari bo‘yicha);

● Mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (sharq mamlakatlari bo‘yicha);

● Biotibbiyot (kimyo, biologiya, fizika, psixologiya va boshqalar).

Talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.