PPX xodimlari tomonidan sovuq ob-havo sharoitida boshpanasiz qolib, uylarning yerto‘lalarida, ko‘p qavatli uylar yo‘laklarida tunayotgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda.

IIV ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand viloyatida bir kunda IIB xodimlari 20 ga yaqin kishini reabilitatsiya markazida tashkil etilgan «Mehr saxovat» boshpanasiga olib borishdi.

Ular reabilitatsiya markazi xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, toza kiyimlar, issiq ovqat va uxlash uchun issiq joyda uxlash bilan ta’minlanmoqda, deyiladi xabarda.

Samarqand viloyat IIB «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, fuqarolar (66) 234−96−32 raqami orqali viloyatda boshpanasiz qolgan va ko‘chada sovqotayotgan odamlar haqida ma’lumot berishlari mumkin.

7 yanvar kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 24 kishi reabilitatsiya markaziga olib borilganligi haqida ma’lumot berilgan edi.