Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabariga ko‘ra, viloyat sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan 2020 yilning 9 oyi davomida jami 1 mlrd 384 mln so‘mlik talon-torojlik, moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali tomonidan tez tibbiy yordam brigadalariga jalb qilinmagan hamda ishlayotgan shtat birligiga nisbatan ortiqcha 48 nafar xodimlarga 124,5 mln so‘m rag‘batlantirish uchun mablag‘lar ortiqcha to‘lab yuborilgani ma’lum qilindi.

Aniqlangan talon-torojlik va suiste’molchiliklar miqdori jami 7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash muassasalari dori vositalariga muqobil tijorat takliflari mavjud bo‘lganiga qaramay 5,643 mlrd so‘m қиммат narxlarda davlat xaridlarni amalga oshirgan.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda 4,999 mlrd so‘mlik qiymatdagi tender va 186,1 mln so‘mlik elektron do‘kon shaklidagi xaridlar davlat xaridlariga oid qonun talablariga zid ravishda tashkil qilingan.

Hujjatlar agentlik tomonidan Bosh prokuraturaga yuborilgan. Mazkur hujjatlar asosida Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.