Navoiy shahrida bo‘lib o‘tayotgan maktab o‘quvchilari orasidagi fan olimpiadasiga ikki o‘quvchi va ikki o‘qituvchini olib kelayotgan «Nexia» rusumli avtomashina yo‘lda YTHga uchradi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mashinada 2-maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari bo‘lgan.
Mashina «Qoraqarg‘a» dovonidan o‘tayotganda yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida bir nafar o‘qituvchi va bir nafar o‘quvchi voqea joyida vafot etganligi aytilmoqda.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga haydovchi tezlikni oshirgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.