Isroil hukumati chet elliklar uchun mamlakatga kirishni yopishga qaror qildi. Bu haqda Bosh vazir Benyamin Netanyaxu aytib o‘tdi, deb Haaretz nashri xabar bermoqda.

Barcha mamlakatlardan qaytib kelgan Isroil fuqarolari, agar ikkita testdan keyin ularda koronavirus aniqlanmasa, maxsus belgilangan mehmonxonalarda 14 kun yoki 10 kun karantin ostida bo‘lishlari kerak.

Netanyaxu hukumat qarorini koronavirusning Buyuk Britaniyada va boshqa bir qator mamlakatlarda topilgan va 70% ko‘proq yuqumli deb hisoblangan yangi shtammi tarqalishi bilan izohladi. «Mutatsiya ko‘plab mamlakatlarda tez tarqalmoqda va biz ushbu virus juda tez avj olib ketishiga yaqin ekanligimiz aniq», — dedi u.