Shanba kuni kechqurun Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida og‘ir oqibatlarga olib kelgan YTH yuz berdi.

Xabarga ko‘ra, avtohalokat 4R165 «Urganch-Chalish-Beruniy-Bo‘ston» davlat ahamiyatidagi yo‘lning 36−37-kilometrida sodir bo‘lgan.

Urganch yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomashina qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Spark bilan to‘qnashgan. Xabarda aytilishicha, ikkala haydovchi ham vafot etgan va Kobaltning ikki yo‘lovchisi kasalxonaga yotqizilgan.

«Gazeta.uz» ma’lumotlariga ko‘ra, jami uch kishi kasalxonaga yotqizilgan — ona (39 yosh) va ikki o‘g‘il (17 va 15 yosh). Bundan tashqari, Cobalt’da bo‘lgan 3,5 yoshli egizak qizlar vafot etgan. Haydovchi ularning otasi bo‘lgan.

Voqea inson omili, ya’ni Cobaltning qarama-qarshi chiziqqa chiqib ketishi sababli sodir bo‘lganligi aytilmoqda.