Interpolning onlayn firibgarlarga qarshi operatsiyasi davomida 20 mingdan ortiq odam hibsga olindi

Xitoy Xalq Respublikasi jamoat xavfsizligi vazirligi ko‘magi bilan Interpol tomonidan muvofiqlashtirilgan telefon va internet firibgarliklariga qarshi kurash bo‘yicha yirik xalqaro operatsiyasi 20 mingdan ziyod odamning hibsga olinishi va 150 mln dollardan ziyod mablag‘ musodara qilinishi bilan yakunlandi. Maxsus operatsiya 1 sentyabrdan noyabr oxiriga qadar 35 ta mamlkatda o‘tkazilib, quyidagi natijalarni berdi: 10,3 ming manzilda tintuvlar o‘tkazildi, 21,5 ming operatorlar, firibgarlar va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylashtirishga aloqador shaxslar hibsga olindi, 310 ta bank hisob raqamlari bloklandi, 153,9 mln dollar musodara qilindi. — INTERPOL.

Olma-Otada alomatlarsiz bo‘lgan koronavirus bemorlari ham kasalxonaga yotqiziladi

Koronavirus infeksiyasining tarqalish xavfini kamaytirish uchun Olma-Ota shifokorlari COVID-19 yuqtirganlarning hammasini, shu jumladan alomatsiz va virusning yengil shaklini boshidan kechirayotganlarni kasalxonaga yotqizishlarini e’lon qilishdi. «Olma-Ota sog‘liqni saqlash boshqarmasi, koronavirus infeksiyasiga chalingan barcha kasallarni yakkalash va davolashni boshlashga ko‘rsatma berdi», — dedi shahar bosh sanitar shifokori Jandarbek Bekshin. Unga ko‘ra, alomatsiz va yengil kasal bo‘lganlar uchun uy karantini o‘z samarasini ko‘rsatmadi va hatto yuqtirishning asosiy manbalaridan biriga aylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallanganlarning 35−36 foizi uy sharoitida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan. — Interfaks.

Braziliya aviakompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib Boeing 737 MAX reyslarini qayta tiklaydi

Braziliyaning Gol aviakompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib Boeing 737 MAX samolyotlarida tijorat parvozlarini tiklaydi. 2019 yilning bahorida ushbu samolyot aviahalokatlar sababli tijorat maqsadida ishlatilishi to‘xtatilgan edi. 9 dekabr kunidan boshlab kompaniya ushbu turdagi samolyotlarda parvozlarni amalga oshiradi. Joriy yil oxirigacha Gol o‘zining barcha yettita Boeing 737 MAX samolyotlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Aviakompaniya 20 oy davomida ushbu samolyotlarning xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqanligini aytdi. — O Globo.

Ilon Mask Texasga ko‘chdi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Kaliforniyadan Texasga ko‘chdi. Bunga Maskning Texasda yangi Tesla zavodi qurilayotganini va Kaliforniya hokimiyatining tadbirkorlarga nisbatan salbiy siyosati sabab bo‘ldi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi aviakompaniyalari, boshqalar singari, o‘z faoliyatini Kaliforniyadan boshqa shtatlarga ko‘chirishdi. — The Wall Street Journal.

Rossiya sobiq prezidentlariga umrbod dahlsizlik huquqi berildi

Davlat dumasi deputatlari Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidentlarining dahlsizligini kafolatlovchi qonunni qabul qilishdi. Unga ko‘ra, sobiq prezidentning jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi, unga nisbatan hibsda ushlab turish, so‘roq qilish, tintuv o‘tkazish kabi choralar qo‘llanmasligi kafolatlanadi. — Gazeta.uz