«Gazeta.uz» Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tanlovida «Korrupsiyaga qarshi targ‘ibotda eng faol ommaviy axborot vositalari» nominatsiyasidagi g‘olibligi uchun mukofotni qo‘lga kiritdi. 9 dekabr kuni poytaxtdagi Hilton mehmonxonasida Korrupsiyaga qarshi kurash haftaligi yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Agentlik matbuot xizmatining xabar berishicha, tanlov aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlik va madaniyatni oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yuvchi omillar va sharoitlarni yo‘q qilish yo‘llarini aniqlash, ommaviy axborot vositalari va jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilish maqsadida tashkillashtirilgan.

«Gazeta.uz» dan tashqari MY5 telekanali ham «Korrupsiyaga qarshi targ‘ibotdagi eng faol ommaviy axborot vositalari» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Jurnalist va Davletov.uz blogining muallifi Qobil Xidirov «Eng yaxshi jurnalistik surishtiruv» nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi o‘rinni — Kun.uz muxbiri Jamshid Niyozov, uchinchi o‘rinni — «Samarkandskiy vestnik» gazetasi muxbiri Anastasiya Pavlenko qo‘lga kiritdi.

«Eng yaxshi vizual ish va grafik dizayn»

  1. Bobur Rasulov, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o‘qituvchisi;
  2. Jonibek Bekniyazov, Nukus 1-son musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi;
  3. Muslimbek Soliyev, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi.

«Eng yaxshi insho» (maktab o‘quvchilari orasida)

  1. Saltanat Temirxonova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani 16-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
  2. Moxinur Radjabova, Xorazm viloyati Xazorasp tumanidagi 45-maktab 9-sinf o‘quvchisi;
  3. Barnoxon Odilova, Andijon viloyati Andijon tumani 10-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internati o‘quvchisi.

«Eng yaxshi kompozitsiya» (talabalar orasida)

  1. Nilufar Oripova, Jizzax davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi;
  2. Dildora Imomova, Jizzax politexnika universiteti arxitektura-qurilish fakulteti talabasi;
  3. Yorqinjon Hayitboyev, Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi.

«Eng faol nodavlat notijorat tashkiloti»

  • «Istiqbolli avlod» NNT

«Ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi uchun»

  1. Otabek Bakirov, bloger, bakiroo Telegram kanali asoschisi;
  2. Zafarbek Solijonov, bloger, Telegram va Facebook tarmoqlaridagi Zafarbek Solijonov blogi asoschisi;
  3. Fotima Jo‘rayeva, bloger.

«Eng yaxshi ijtimoiy video»

  1. Nurmuhammed Jumagulov;
  2. Yerpo‘lat O‘roqboyev, Qoraqalpoq davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi;
  3. Jamoliddin Qalandarov, Qurilish vazirligi matbuot xizmati matbuot kotibi.

O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurash haftaligi Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, BMTning Taraqqiyot Dasturi, BMTning Markaziy Osiyodagi Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Mintaqaviy boshqarmasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda «Mintaqaviy muloqot» xalqaro nodavlat tashkiloti, Konrad Adenauer jamg‘armasi va YUNISEF kabi bir qator xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etildi.

«Biz birgalikda korrupsiyani yengamiz!» tanlovi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda tashkil qilindi.