Bu yilning yanvar-sentabr oylarida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 161 tani tashkil etdi. Ta’kidlanishicha, 2010 yilda ushbu ko‘rsatkich 132 tani, 2015 yilda 152 tani tashkil etgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 285 tani tashkil etdi. Ma’lumot uchun: 2010 yilda ushbu ko‘rsatkich 145 tani, 2015 yilda 234 tani tashkil etgan.

Ta’kidlash joizki, so‘ngi 10 yil ichida aholining yengil avtomobillar bilan ta’minganligi deyarli ikki (2,3) baravarga oshdi. Bu yilning yanvar-cyentyabr oylarida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni 48 tani tashkil etsa, 2010 yilda ushbu ko‘rsatkich 21 taga to‘g‘ri kelgan.

Aholining uzoq muddat foydalanadigan buyumlar bilan ta’minlanganligi (100 ta uy xo‘jaligiga):


2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
yanvar-iyun

Televizorlar
146
151
152
153
154
155
160
161
Sovutgich va muzlatgichlar
100
101
101
102
101
103
106
108
Konditsionerlar
29
30
32
34
34
35
39
45
Elektr changyutgitchlar
51
51
53
54
54
55
58
61
Shaxsiy kompterlar
32
37
47
49
50
52
55
57
Kir yuvish mashinalari
78
78
79
80
80
81
89
90
Mobil telefonlar
210
228
234
246
257
262
282
284
Yengil avtomobillar
35
41
42
43
44
44
47
48

Respublikada uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada o‘rtacha bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joylarning umumiy maydoni 2011 yilning 1 yanvariga nisbatan 15,0 kv.m dan 16,0 kv.m (1,0 kv.m) ga ko‘paygan. Bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joy bilan ta’minlanish darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi Xorazm (24,5 kv.m) va eng kichik ko‘rsatkichi esa Andijon (10,3 kv.m) viloyatlarida qayd etilmoqda.