Politico nashrining xabar berishicha, dunyoga mashhur Google Chrome brauzeri sotilish arafasida turibdi. AQSH Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasi Googlega qarshi antimonopol tekshiruvlarni olib bormoqda.

Bu Kongressning Amazon, Apple, Facebook va Google kompaniyalariga qarshi antimonopol tekshiruvlarining natijasi hisoblanadi.

AQSH Adliya vazirligining Googlega qarshi da’vosi bo‘yicha rasmiy tinglovlar bir necha hafta ichida bo‘lib o‘tadi. Kompaniyani Chrome brauzeri va reklama biznesini sotishga majburlaydigan sabablardan biri bu — Google o‘z brauzerida uchinchi tomon cookie-fayllarini qo‘llab-quvvatlamasligidir.

Kongressning antimonopol hisobotida Google Chromening kompyuterlardagi qidiruvlar ulushi 81%, mobil qurilmalarda esa 94%ni tashkil qiladi.

Kompaniya onlayn reklama bozorining 37,2 foizini nazorat qiladi va uning daromadi 2019 yilda taxminan 130 milliard dollarni tashkil etgan.