Farg‘ona viloyatida 6 yashar qiz yuk avtomobili urib yuborishi oqibatida shifoxonada vafot etdi, deya xabar berdi IIV YHXBB Axborot xizmati.

9 sentyabr kuni soat 13:25 larda, Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Yuksalish MFY, Islomobod ko‘chasida joylashgan 163-uy oldida haydovchi N.Q. (1993 y.t.) «Gaz-53» rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lning qatnov qismiga yugurib chiqqan piyoda, voyaga yetmagan M.O. (2014 y.t.) ni urib yubordi.

Natijada, 6 yashar M.O. tan jarohati olib shifoxonada vafot etdi.

Ushbu YTH yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.