O‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlash maqsadida o‘quv yili boshida ayrim fanlarning vaqtinchalik o‘tilishi tavsiya etilmaydi, deya xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi.

O‘quv yili boshida vaqtinchalik o‘tilishi tavsiya etilmaydigan fanlar quyidagilar:

  • jismoniy tarbiya;
  • chaqiriqqa qadar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik;
  • musiqa madaniyati;
  • tasviriy san’at va chizmachilik;
  • texnologiya;
  • tarbiya fanlari.

Xabarda aytilishicha, ushbu fanlar masofaviy ta’lim shaklidagi televizion darslar orqali o‘zlashtirib boriladi.

«Shuni a’lohida ta’kidlash kerakki, mazkur fanlardan dars berayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqi to‘liq saqlab qolinadi va ular maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga jalb etiladi», deyiladi XTV matbuot kotibi xabarida.