Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 3 sentyabr kunidan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 7,21 so‘mga ko‘tarilib, 10 270,08 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 126,61 so‘mga arzonladi va 12 231,67 so‘mga baholanmoqda;
  • 1 Rubl 2,28 so‘mga tushdi va 139,59 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta dollar kursi 16 so‘mga qimmatlab, jami 10 262 so‘mni tashkil qilgandi.