19 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida KamAZ va piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi viloyati IIB YHXB Axborot xizmati.

Soat 16:50 da A-373 trassasining sakkizinchi kilometrida Termizdan Toshkentga qarab harakatlanayotgan KamAZ-53212 haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismini kesib o‘tayotgan fuqaro D. M. ni urib yubordi.

Og‘ir tan jarohati olgan piyoda voqea joyida vafot etdi.