«namoyish» tegli maqolalar


Gruziyada qarshilik namoyishlaridan so‘ng «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonun loyihasi qaytarib olindi
9 mart 2023, 11:48

Gruziyada qarshilik namoyishlaridan so‘ng «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonun loyihasi qaytarib olindi

Gruziyada «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlar buni «Rossiya yo‘lidan yurish» deb baholagan. Mamlakat prezidenti namoyish ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatladi. Loyiha parlamentdan qaytarib olindi.

Chirchiqda ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun namoyishga chiqishdi
11 may 2021, 18:31

Chirchiqda ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun namoyishga chiqishdi

Chirchiq shahar hokimiyati yaqinida ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun namoyishga chiqdi. Hokimlikning ma’lum qilishicha, ayni paytda barcha ishchilarga ish haqlarining ma’lum qismi to‘lab berilgan. Qolgan qismini esa 18 mayga qadar to‘liq hisob kitob qilishga o‘zaro kelishilgan.

Qonliko‘lda bog‘cha opalar namoyish o‘tkazgani yuzasidan ma’lumot berildi
5 aprel 2021, 20:42

Qonliko‘lda bog‘cha opalar namoyish o‘tkazgani yuzasidan ma’lumot berildi

Uch yil davomida qariyb 400 mln so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Qonliko‘ldagi 1-DMTT direktori sud tomonidan lavozimiga qayta tiklangan. Bundan norozi bo‘lgan tarbiyachilar namoyish o‘tkazdi. Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta’lim vazirligi bog‘cha mudirasini qaytadan lavozimidan chetlashtirdi.

Miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazish tartibi belgilanadi
19 avgust 2020, 12:33

Miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazish tartibi belgilanadi

Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, ushbu tadbirlarni ish kunlari kunduzi 10:00 — 18:00 orasida 2 soatdan oshmagan vaqt davomida o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza namoyishlar o‘tishidan o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddatdan oldin taqdim etilishi lozim — batafsil.

Minskda Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘lib o‘tdi
17 avgust 2020, 10:55

Minskda Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘lib o‘tdi

16 avgust kuni Minskda Aleksandr Lukashenko tarafdorlari va uning hokimiyatiga qarshilar ishtirokidagi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Lukashenko tarafdorlari namoyishida bir qismi byudjet tashkilotlari xodimlaridan iborat bo‘lgan 65 ming kishi yig‘ildi. Oppozitsiya tarafdorlari namoyishida esa 200 ming odam qatnashdi — bu Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘ldi.

Berlinda karantinga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
3 avgust 2020, 13:31

Berlinda karantinga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Berlinda koronavirus pandemiyasi sababli qo‘yilgan cheklovlarga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tdi. To‘qnashuvlar natijasida 45 politsiya xodimi jarohatlandi, 133 ishtirokchi hibsga olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting