29 iyul kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida ikkita yengil avtomobil to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi, deya ma’lum qildi IIV YHXBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, soat 09:20 larda Chinmasjid MFY hududidan o‘tgan M-39 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 866-kilometrida haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan Sh. R. Lacetti avtomobilida «Toshkent-Termiz» yo‘nalishida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘lakka o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1977 yilda tug‘ilgan G‘.A. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashuv sodir etgan.


Yo‘l-transport hodisasi natijasida Lacetti yo‘lovchisi 1981 yilda tug‘ilgan O.R. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomashina haydovchisi 31 yoshli Sh. R. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

YTH yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.