3 iyul kuni O‘zbekistonda 318 holatda koronavirus qayd etilib, jami holatlar 9396 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Yangi holatlarning 273 tasi karantin muassasalarida, 45 tasi aholi orasida (shundan 37 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Andijon viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida) aniqlangan.

Shu bilan birga, tibbiyot muassasalarida 217 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 212 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar) sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9396 nafar bemordan 6251 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3116 nafar bemordan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Hozirda mamlakatda uy karantinida 41 926 nafar, statsionar karantinda esa 22 438 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.