Koronavirus infeksiyasiga chalingan qashqadaryolik bemorning shifokorga kech murojaat qilishi uning vafotiga sabab bo‘ldi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli S.H. shu yilning 7 iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyul tumaniga borib, 12 iyun kuni Toshkent-Qarshi tezyurar (Afrosiyob) poyezdida yashash manziliga qaytgan. Oradan uch kun o‘tib, ya’ni joriy yilning 15 iyun kuni tana harorati ko‘tarilgan va u uzoq vaqt uy sharoitida davolanib kelgan.

Bemor (erkak kishi) bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning og‘ir kechishi tashxisi bilan dispanser nazoratida turib, davolanib yurgan.

29 iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgach, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiyaga bo‘limiga ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya og‘ir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet og‘ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Mutaxassislar tomonidanstandartlar asosida ko‘rsatilganreanimatsion muolajalarigaqaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.